Abstract
Maqolada Oʻzbekiston sanoat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotni xom-ashyo yetkazib beruvchi davlatdan sanoat ishlab chiqaruvchisiga aylantirishi, Oʻzbekistonda sanoat siyosati iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishda bir qator vazifalarga e’tibor qaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat tarmoqlarining milliy iqtisodiyot barqarorligini ta‘milashdagi roli va rivojlantirish siyosati bo ‘yicha mahalliy va xorijiy olimlarning fikrlari bayon etilgan. Sanoat tarmoqlarining milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash metodologiyasi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillarni hisobga olgan holda, kompleks yondashuv metodologiyasi ko‘rsatib o‘tilgan.